21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Ayni kunlarda joylarda mazkur sana munosabati bilan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uyushtirilmoqda. Jumladan, bugun Uchtepa tumanidagi 81-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida boshlang'ich ta'lim fani o'qituvchisi Gulira'no Yo'ldosheva tashabbusi bilan “Til — millat ko'zgusi” mavzusida tadbir o'tkazildi.
Unda maktabning 1 A - sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan dastur namoyish etildi. Jajji o'g'il-qizlar ijro etgan kuy-qo'shiqlar, ona tilimizni madh etuvchi she'rlar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Bir so'z bilan aytganda, tadbir chinakam bayram tusini oldi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati