Toshkent shahar Uchtepa tuman 81-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

“O‘qituvchilar – kelajagimiz bunyodkorlaridir!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi


Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning mavqeini oshirish borasidagi jarayonlarni o‘zida aks ettirgan “O‘qituvchilar – kelajagimiz bunyodkorlaridir!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.
Onlayn tarzda tashkil etilgan tanlov shartlariga ko‘ra, respublikaning barcha hududlaridan tanlab olingan 3 tadan, jami 42 ta eng yaxshi videorolik vazirlikning Facebook (https://www.facebook.com/uzedutanlov) ijtimoiy tarmoq sahifasiga joylandi va g‘oliblar eng ko‘p ovoz yig‘ish yo‘li bilan aniqlandi.
Tanlov g‘oliblari bilan quyida (https://uzedu.uz/uz/news/1291) tanishishingiz mumkin.
G‘oliblar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Смотреть все