"Bolalarda mavjud muammolarini Musiqa fani yordamida bartaraf etish yo‘llari haqida izlanaman"

Musiqa bolaning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan, ayniqsa, til bilish va o‘qish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga yordam beradigan fan. Bundan tashqari Musiqa asboblarida chalishni o‘rganish matematik fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi va maktabda o‘zlashtirishni yaxshilashga yordam beradi.
Toshkent shahridagi 81-maktabning musiqa fani o‘qituvchisi Rustam Gulmamatov yoshlikdan ustozlariga havas qilib, ustozlik kasbini tanlagan.
U o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotganiga 5 yil vaqt o‘tgan bo‘lsada, so‘nggi 2 yili davomida fani yordamida bolalarga tez va sifatli ma’lumot berish, ulardagi muammolarni aniqlab, uni musiqa fani yordamida bartaraf etish yo‘llari haqida izlanadi. Bunda ustoz sinf rahbarlari bilan har bir bolani fe’l-atvorini o‘rganadi.
“Menga o‘quvchilarimning sinf rahbarlari juda katta yordam beradilar. Bolalar bilan ishlaganda o‘zim bolaligimda o‘rganmoqchi bo‘lib, vaqtim yetmay qolgan holatlarni ko‘z oldiga keltirib bolalarga ularni qiziqtiradigan yangi ma’lumotlar topib kelishga harakat qilaman. Musiqa bolalarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlash bilan birga ularning diqqatini oshirishga yordam beradi. Shu bois o‘quvchilarimga fanni interfaol usullarda orgatishga harakat qilaman. Buning uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanaman”, — deydi Rustam Gulmamatov.