Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkilotining IX Rayosat yig'ilishi o'tkazildi
Joriy yilning 12-dekabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining konferensiyalar zalida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkilotining IX Rayosat yig'ilishi o'tkazildi. Rayosatda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Sh.Anvarov, O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi direktori Sh.Abidova, Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish bo'limi boshlig'i A.Ochilboyev va Poytaxt sardorlari hamda yoshlar tashkiloti faollari ishtirok etdilar. IX Rayosat yig‘ilishida 2022/2023-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha fikr-mulohazalar hamda takliflar bildirildi. Shu bilan birgalikda, yoshlar ittifoqi "Imkon" va "Matbuot va media" yo'nalishi sardorlari va Kamalak "Madaniyat" yo'nalishi sardorlariga "ishonch yorliqlari" topshirildi. 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Poytaxt sardorlari rayosat yig‘ilishida maktabimizning 9 A sinf o‘quvchisi Xamidullayeva Munisaxon ham Poytaxt sardori sifatida faol ishtirok etdi.

