Toshkent shahar Uchtepa tuman 81-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Maktabimizda O'zbekiston Ekologik partiyasining 5 yillik yubiley bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan 81-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Uchtepa tuman partiya tashkiloti tashabbusi bilan O'zbekiston Ekologik partiyasining 5 yillik yubiley bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ekopartiya Toshkent shahar va tuman partiya tashkiloti vakillari, BPT raislari, partiya faollari, maktab jamoasi, yoshlar va ayollar qanoti yetakchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida maktab o'quvchilari tomonidan qiziqarli chiqishlar, ekologik bilimlarni boyitishga qaratilgan taqdimot namoyishi bo'lib o'tdi.
O'tgan davr mobaynida Ekopartiyaning dastur vazifalarida belgilangan g'oyalarni ilgari surishda faol bo'lgan a'zolar partiyaning tashakkurnoma va esdalik sovg'lalari bilan taqdirlanishdi.


Смотреть все