Shu kunlarda umumta'lim maktablarida “Savodxonlik” bayramlari qizg'in davom etmoqda

Jumladan, bugun poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 81-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida ham birinchi o'qituvchisidan ilk saboqlarni olgan jajji o'g'il-qizlar uyushtirgan dastur barchada iliq taassurot qoldirdi.
Tadbirda yosh pedagog Gulira'no Yo'ldosheva rahbarlik qilayotgan 1-“A” sinf o'quvchilari o'qishga bo'lgan zo'r ishtiyoqini o'z ustozlari va ota-onalari qarshisida sahnada namoyish etib berishdi. Qalblari beg'ubor soddalik va samimiyatga yo'g'rilgan, ko'zlari porlab turgan jajji o'quvchilar Yangi O'zbekistonimiz uchun yana bir mustahkam poydevor yaratilayotganidan dalolatdir.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati