Азиз ака-укаларим! Ватанимиз ҳимоячилари!

Ijozatingiz bilan sizlarni bugungi bayram - Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan jamoamiz nomidan tabriklayman!
Sizning zabardast yelkalaringiz ortida oilamiz tinch, yurtimiz tinch, Vatanimiz tinch!
Biz sizlar bilan — ana shunday g‘oyat mas’uliyatli va oliyjanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli o‘g‘lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
Sizlar bor ekanki dasturxonimiz to‘kin, farzandlarimiz yuzida tabassum, qalblarda halovat bor. Istardikki, aziz boshingiz omon bo‘lsin, taningiz sog‘, umringiz uzoq bo‘lsin!
Qalbingizni shijoat, tanangizni kuch qudrat hech qachon tark etmasin!
Aslo g‘am ko‘rmang! Yurtimiz tinchligiga ko‘z tegmasin!
Bayramlar bardavom bo‘laversin!
Hurmat bilan Ziyoda Tolipovna