Maktab rahbarlari tomonidan taqdimot o‘tkazildi

Bugun Uchtepa tumanidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktorlari bilan maktabda ta'lim sifatini oshirish, o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, o‘zini va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, liderlik, ish yuritish, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash metodlari bo‘yicha 14,81,283,129,312 - sonli maktab rahbarlari tomonidan taqdimot qilindi. Mazkur yo'nalishlardagi muammolar aytib o'tildi va yechimlari to'g'risida o'zaro fikr almashishdi. Ushbu jarayon reja grafik asosida barcha direktorlar tomonidan davom ettiriladi.