"Bir bo'lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida “Birinchi qo'ng'iroq!” tadbirlari uyushtirildi
Bugun poytaxtimizning barcha umumta'lim maktablarida "Bir bo'lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" shiori ostida “Birinchi qo'ng'iroq!” tadbirlari uyushtirildi. Jumladan, Uchtepa tumanidagi 81-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi yangi 2024/2025-o'quv yilida 215 nafar jajji o'g'il-qizga ilk marotaba o'z quchog'ini ochdi. Ilk marotaba maktab ostonasiga qadam qo'ygan 1-sinf o'quvchilariga Prezident sovg'alari tantanali topshirildi. Yangi o'quv yili munosabati bilan o'tkazilgan bayramona tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va so'zga chiqdi. Tadbir doirasida mazkur ta'lim muassasasining bir guruh fidoyi pedagog-o'qituvchilariga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni tantanali taqdim etildi.
