Toshkent shahar Uchtepa tuman 81-son umumta'lim maktabi
Поступить в школу

Aziz 81 - sonli IDUMning mard va jasur o‘g‘lonlari!


Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin yurakdan tabriklayman! Siz, yurtimizning kelajagi, uning suyanchi va himoyachisiz. Bugungi kunda o‘qishdagi muvaffaqiyatlaringiz, intilishlaringiz va irodangiz kelajakda sizni nafaqat bilimli, balki vatanparvar va fidoyi inson sifatida ko‘rishga asos bo‘ladi.
Shuni unutmang, har biringizning yuragingizda yurtga bo‘lgan mehr va sadoqat alanga bo‘lib yonishi kerak. Chunki Vatan bizning ona uychamiz, bizning tug‘ilgan zaminimizdir. Sizni mardlik, matonat va a'lo fazilatlar egasi bo‘lib ulg‘ayishingizni tilayman.
Har biringizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va orzu-havaslaringizning amalga oshishini tilayman. Yaxshi o‘qib, ota-onalaringiz, o‘qituvchilaringiz va Vatan oldida munosib farzand bo‘lib yetishingizga ishonaman!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, azamatlar!
Hurmat bilan, ona tili va adabiyot fani ustozingiz 


Смотреть все